AQShda “Mettyu” dovuli oqibatida halok bo‘lganlar soni 33 kishiga yetdi. Bu haqda NBC telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Avvalroq tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 kishini tashkil etayotgani haqida xabar qilingandi.
Shimoliy Karolina shtatida 14 kishi halok bo‘lgani, uch nafari bedarak yo‘qolgani xabar qilinmoqda. Qolgan qurbonlar Jorjiya, Florida va Janubiy Karolina shtatlarida qayd etilgan.
Qayd etish kerakki, “Mettyu” 2007-yildan buyon Atlantika okeanida kuzatilgan eng kuchli dovul bo‘ldi.
Izoh (0)