Ispaniya fuqarolik gvardiyasi boshqa davlatlar huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqqa qurol-yarog‘ yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruhni yo‘q qildi. Bu haqda, EFE agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Podpolkovnik Xavyer Roxeroning so‘zlariga qaraganda, keng miqyosli operatsiyaga bir qator mamlakatlar, xususan, Italiya, Fransiya va Gretsiya huquq-tartibot organlari jalb etildi. Operatsiya Yevropa politsiya agentligi koordinatsiyasi ostida hamda AQSh giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Ish yuzasidan tergov 2013-yilda boshlangan edi, ammo turli davlatlar huquq-tartibotchilarining hamkorligi 2015-yilda yo‘lga qo‘yildi. Shu vaqt ichida 100 tonna gashish, 11,4 ming qurol birligi, milliondan ortiq patron va 10 tonna portlovchi moddalar aniqlanib, musodara etildi. 109 kishi qo‘lga olindi.
Izoh (0)