Suriyaning Dera’ shahrida terrorchilar tomonidan maktab binosining o‘qqa tutilishi oqibatida besh nafar o‘quvchi halok bo‘ldi. Bu haqda, SANA agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya axborotiga ko‘ra, jangarilar shaharning as-Sixariy tumanida joylashgan maktabni o‘qqa tutgan. Halok bo‘lganlarning ikki nafari qiz bolalardir. Bundan tashqari, 15 o‘quvchi yaralangan.
Bundan bir necha soat muqaddam jangarilar shaharning aholi yashaydigan kvartallaridan biriga bir necha raketa yo‘llagan edi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi.
Izoh (0)