“PSJ” va Kot d’Ivuar terma jamoasi himoyachisi Serj Orye “Rostov” jamoasi yarim himoyachisi, Mali terma jamoasi a’zosi Mussa Dumbiyani qutqardi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 2018-yilgi Jahon chempionatining 3-saralash bosqichi doirasida o‘tayotgan uchrashuv chog‘ida Dumbiyaning tutqanog‘i tutib qolgan.
Voqea uchrashuvning o‘ninchi daqiqasida ro‘y berdi. Dumbiya ivuarlik o‘yinchilardan biri bilan to‘qnashib ketib, yiqildi. Tutqanoq tufayli uning tili orqaga keta boshladi. Shifokorlar yetib kelguniga qadar Serj Orye malilik hamkasbiga yordam ko‘rsatdi.
U Dumbiyani o‘ziga keltirishning uddasidan chiqdi. O‘yindan so‘ng Dumbiya va Orye futbolkalarini almashtirdi.
Uchrashuv 3:1 hisobida Kot d’Ivuar foydasiga yakunlandi.
Izoh (0)