Futbol bo‘yicha Finlyandiya terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Roman Yeryomenko uning doping-testi ijobiy chiqqani uchun futboldan ma’lum vaqtga chetlatildi. Bu haqda Finlyandiyaning MTV Sport nashriga tayanib, “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Yeryomenkodan sentabr oyida, SSKAning “Bayer” va “Tottenhem”ga qarshi YChL uchrashuvlaridan biridan so‘ng olingan doping namunasi ijobiy chiqqan. Ayni vaqtda “B” namunasini o‘rganib chiqish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Finlyandiya futbol uyushmasi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)ning Nazorat, axloq va tartib qo‘mitasi Yeryomenkoni bir oyga futboldan chetlatgani haqida xabar berdi.