Chechenistonda yo‘q qilingan jangarilar guruhi respublikaga Dog‘istondan siljib kelgan va qator terrorchilik hujumlarini rejalashtirgan, deb yozadi “TASS” respublika ichki ishlar vazirligiga tayanib.
“Muassasaga noqonuniy qurolli guruh a’zolari Dog‘iston hududidan Chechenistonga qarab Gudermes tumanining Gerzel va Engel-Yurt aholi punktlarida harakatlanayotgani haqida tezkor ma’lumot kelib tushdi. Checheniston hududida qator terrorchilik harakatlarini rejalashtirgan guruh yetakchisi federal qidiruvdagi Amir Demilxanov bo‘lgan”, — deyiladi IIV xabarida.
Jangarilar harakatlangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududning butun maydoni, shu jumladan, otishma sodir bo‘lgan, Gerzel va Engel-Yurt aholi punktlari oralig‘idagi hudud nazorat ostiga olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chechenistonning Gudermes tumanida yuz bergan jangovar to‘qnashuvda politsiyachilar sakkiz jangarini yo‘q qilgani, to‘rt nafar politsiyachi yaralangani xabar berilgan edi.