• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Okrug saylov komissiyalari tarkibida ayollar, NNT va OAV vakillari ko‘pchilikni tashkil etayotgani qayd etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Feruzaxon Ahmedova “Daryo”ga fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xotin-qizlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonidagi ishtiroki yuzasidan quyidagilarni so‘zlab berdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    — Okrug saylov komissiyalarining hozirgi tarkibi avvalgilardan sifat jihatidan birmuncha farq qiladi. Ro‘yxatga nazar tashlaganimizda, eng avvalo, ayollar, nodavlat notijorat tashkilotlari yetakchi va faollari, OAV vakillari ko‘pchilikni tashkil etayotganiga ko‘zimiz tushadi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati vakillik organlarining shu yil 20—21-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan sessiyalari yig‘ilishlari yakuniga muvofiq, aynan mazkur qatlam vakillari jamoatchilik o‘rtasida katta hurmatga ega bo‘lgan odamlar sifatida ko‘rilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar sifatida tavsiya etildi.

    Chunonchi, okrug saylov komissiyalari a’zolarining 23,4 foizi NNT yetakchi va faollaridan iborat. Har ikkinchi okrug saylov komissiyasining raisi, to‘rttasida rais o‘rinbosari, oltitasida kotib lavozimlariga NNT vakillari tayinlangani diqqatga sazovor.

    Okrug saylov komissiyalari a’zolarining sakkiz nafari OAV vakillari hisoblanadi. Xususan, Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi F. Toshev “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri, Farg‘ona okrug saylov komissiyasi raisi N. Sobirov “Farg‘ona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalari bosh muharriri lavozimida faoliyat ko‘rsatib keladi.

    Ayni vaqtda okrug saylov komissiyalari a’zolarining 36,8 foizini opa-singillarimiz tashkil etayotganiga ham alohida urg‘u berishni istardim. Ularning 12 nafari komissiyalarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Avvalgi saylovlar bilan taqqoslaganda, bu borada ham ijobiy o‘zgarishlar yuz bergan. Jumladan, 2015-yilda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida okrug saylov komissiyalarining 15 foizi, 2014-yilda o‘tkazilgan parlament saylovida esa komissiya a’zolarining atigi 8 foizini ayollar tashkil etgan.

    —O‘zbekiston hamda xorijda 9376 saylov uchastkasi tuzildi. Uchastka saylov komissiyalarining tarkibi qachon shakllantiriladi?

    —“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasiga muvofiq, okrug saylov komissiyalari saylovga kamida qirq kun qolganda 5—19 a’zo, jumladan, rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda uchastka saylov komissiyalarini tuzishlari zarur.

    Shu o‘rinda mamlakatimizda uchastka saylov komissiyalarini tuzishda ularning mustaqilligi hamda xolisligini ta’minlashga qaratilgan demokratik tartib shakllantirilganini alohida ta’kidlashni istardim.

    Birinchidan, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasiga ko‘ra, saylov huquqiga ega, biron bir siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lmagan, deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakili etib ko‘rsatilmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylov komissiyalarining a’zosi bo‘lishlari mumkinligi belgilangan.

    Ikkinchidan, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha uchastka saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga taqdim etadi.

    Uchinchidan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 181-moddasiga ko‘ra, uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Okrug va uchastka saylov komissiyalarining a’zolari jamoatchilikning obro‘li vakillari orasidan tasdiqlanadi.

    Saylov komissiyalari faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun ma’muriy javobgarlikning belgilangani ularning mustaqilligini belgilab beradigan muhim omil hisoblanadi. Bu ularga tashqi ta’sirlardan xoli ravishda faoliyat ko‘rsatish, fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash bo‘yicha yanada samarali ish yuritishi imkonini beradi.

    09.10.2016, 21:50   Izoh (0)   4860
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 8-oktabr kuni havo harorati +26 darajagacha ko‘tarildi

    09.10.2016, 12:30

    Toshkentda 10-oktabr kuni +25 darajagacha iliq bo‘ladi

    09.10.2016, 12:05

    O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

    09.10.2016, 09:24

    Lola Karimova-Tillayeva otasi qabri ziyorati chog‘ida yuz bergan holat haqida hikoya qildi

    08.10.2016, 21:52

    Toshkentda tungi vaqtda noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan internet kafe va kompyuter klublari aniqlandi

    08.10.2016, 17:08

    Putinni tabriklagan Mirziyoyev, paxta terimiga chiqqan futbolchilar, dunyoning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatidagi o‘zbekistonlik va kunning boshqa muhim yangili...

    07.10.2016, 19:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘lim bilan yuzma-yuz: og‘ir kasalliklarni yengib hayotgan qaytgan Gollivud yulduzlari

    Kino | 1 iyul, 18:01

    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi

    Reklama | 1 iyul, 18:00

    Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Eron yadroviy obyektlarida ishlar davom etayotganini ko‘rsatdi (foto)

    Dunyo | 1 iyul, 17:45

    Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 17:35

    Garvard universiteti yahudiy talabalarning fuqarolik huquqlarini buzgan — Oq uy

    Dunyo | 1 iyul, 17:05

    Pep Gvardiola yozda “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida gapirdi

    Sport | 1 iyul, 16:59

    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

    Reklama | 1 iyul, 16:30

    Farg‘onadagi portlash: aybdorlarga hukm o‘qildi, qurbonlar oilasiga tovon pullari belgilandi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 16:54

    Dunyoda ilk bor barcha bosqichlari to‘liq sun’iy intellekt yordamida yaratilgan multserial taqdim etildi

    Kino | 1 iyul, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.