O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov 8-oktabr kuni Ostona shahrida Qozog‘iston Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb yozadi UzDaily.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston kimyo va neft-kimyo kabi sohalaridagi aloqalarini ham mustahkamlashi kerak.
O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha avvalroq erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettirishga shayligini bildirdi.
Izoh (0)