O‘zbekistonda 8-oktabr kuni kunduzi va 9-oktabrga o‘tar kechasi yog‘ingarchilik kuzatilmadi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida 8-oktabr kuni eng yuqori havo harorati quyidagicha bo‘ldi: Nukusda +22 daraja, Urganchda +23 daraja, Jizzaxda +24 daraja, Samarqandda +25 daraja, Toshkent, Guliston, Andijon, Namanganda +26 daraja, Buxoro, Navoiy, Farg‘onada +27 daraja, Qarshi, Termizda +28 daraja iliq.
9-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng past darajasi quyidagicha bo‘ldi: Nukus, Urganchda +5 daraja, Jizzax, Gulistonda +7 daraja, Toshkent, Buxoroda +9 daraja, Termiz, Andijonda +10 daraja, Samarqand, Farg‘onada +11 daraja, Navoiy, Namanganda +12 daraja, Qarshida +13 daraja iliq.
Ma’lumot uchun, 10-oktabr kuni O‘zbekistonda havo harorati +29 darajadan oshmasligi kutilmoqda, xususan, shu kuni Toshkentda +25 darajagacha iliq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)