O‘zbekistonda 10-oktabr, dushanba kuni havo o‘zgaruvchan va bulutli bo‘lib tursa-da, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Dushanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +3...+8 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +5...+10 daraja, Toshkent shahrida +10...+12 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +10...+15 daraja, qolgan barcha hududlarda +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.
10-oktabr kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +15...+20 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent viloyatida +20...+25 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +24...+29 daraja, qolgan barcha hududlarda +22...+27 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)