Xitoy bilan o‘yinga o‘z narxida chipta olishni istaysizmi, deb savol berdi “Championat.asia” nashri. Mazkur savolning javobi ham sayt tomonidan yozib qo‘yilgan.
Eronga qarshi o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar kassada yo‘q bo‘lsa-da, olib-sotarlar qo‘lida 100 mingdan sotilgani xabarda keltirib o‘tilgan.
O‘zbekiston — Eron o‘yini boshlanishiga 20 daqiqa qolganida esa taxminan 10 mingta chipta olib sotarlar tomonidan o‘z narxida, kerak bo‘lsa undan ham arzonroqqa sotila boshlangan. Bunga sabab sifatida nashr olib-sotarlar chiptalarni pul to‘lab xarid qilishi, o‘yindan keyin esa chiptalar hech kimga kerak bo‘lmay qolishini ko‘rsatgan.
Uchrashuv boshlanishiga 30 daqiqa qolganida stadionga keling, istaganingizcha, istagan sektoringizdan, o‘zingiz istagan narxda chipta oling. Tejalgan pulni uyingiz, oilangiz uchun sarf qiling, deb yozdi “Championat.asia”.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘yini 11-oktabr kuni Xitoyga qarshi bo‘lib o‘tadi. Chiptasi esa 8-oktabr kuni sotuvga chiqadi.
Izoh (0)