Sun’iy yo‘ldoshlardan olingan oxirgi suratlar KXDRning Pxungeri yadro poligoni hududidagi faollikdan darak beradi. Bu haqda Amerikaning Jon Xopkins universiteti huzuridagi AQSh va Koreya institutining 38 North saytiga joylashtirilgan xabarida so‘z yuritilgan, deb yozadi “Interfaks”.
“9-sentabr kuni yadro sinovi o‘tkazilgan shimoliy tunnel kirish qismidagi faollikka bir qator vazifalar, jumladan, sinovdan keyin ma’lumotlar to‘plash yoki yangi sinovga tayyorgarlik ko‘rish sabab bo‘lishi mumkin”, — deyiladi saytda.
Faol harakatlar, shuningdek, g‘arbiy va janubiy tunnellarda ham qayd etilgan.
“Ushbu faoliyatning maqsadi ham noma’lum, lekin janubiy tunnel yadro sinoviga dosh bera olishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Ekspertlar tomonidan tahlil qilingan sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar 1-oktabr sanasiga tegishlidir.
Izoh (0)