“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ayni kunlarda kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
“Bizning xizmatimizdan foydalanuvchilar 373 mingdan ortiq bo‘lib, ularning qariyb 356 mingi aholi, qolgani ulgurji iste’molchilardir, — dedi ‘Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi’ aksiyadorlik jamiyati bosh direktori R. Mamatov. — Kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ta’minot barqarorligiga erishishda elektr uzatish tarmoqlarida texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish ham muhim ahamiyatga ega. Bu masala yechimi borasida texnik yangilanish va modernizatsiya tadbirlari bajarilmoqda. G‘ijduvon tumanidagi ‘Soktare’, ‘Sarmijon’, Olot tumanining ‘Soyin qorovul’, ‘Paxtakor’, Buxoro tumanidagi ‘Rabotiqalmoq’, ‘Kunjiqal’a’ qishloq fuqarolar yig‘inlari hududidagi qariyb 9 kilometrli elektr uzatish simlari almashtirildi. Bu 12 mingdan ziyod xonadonning elektr energiya ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi”.
Buxoro va Kogon shaharlaridagi 1063 ko‘p qavatli uyni energiya bilan ta’minlovchi tarmoqlarning texnik holatini tegishli darajada ta’minlash choralari ko‘rildi.
Shuningdek, kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida qariyb 2 ming transformator mukammal va joriy ta’mirlandi. 2 mingdan ortig‘i ko‘rikdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etildi.
Belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq, viloyatdagi 534 umumta’lim maktabi, 347 maktabgacha ta’lim muassasasi, 469 shifoxona va boshqa tibbiy muassasalarga elektr yetkazib beruvchi qurilmalarni mavsumga tayyorlash nihoyasiga yetkazilmoqda.
Izoh (0)