O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda milliy saylov tizimi rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Seminarda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalari, huquqshunos olimlar, OAV vakillari ishtirok etdi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar mamlakatda o‘tkazilgan saylovlarda to‘plangan amaliy tajriba, xalqaro saylov standartlari milliy saylov qonunchiligi rivojlanib, takomilga yetib borishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, saylovlarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati, unda har bir fuqaro uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi haqida ham fikr yuritildi.
Izoh (0)