Jahon bankining ijtimoiy himoya va rivojlanish bo‘yicha mutaxassislari Afra al-Ahmadiy hamda Robert Vrobel boshchiligidagi missiyasi “Angren” MIZga keldi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
“Angren” ma’muriyati rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida maxsus industrial zona hududida yangi korxonalar ochilgani va faoliyat ko‘rsatayotganini inobatga olgan holda mahalliy aholining bandligi masalalari muhokama etildi.
Bank vakillari “Angren” MIZ korxonalarida olib borilayotgan kadrlar siyosati, malakani oshirish masalalari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari bilan o‘zaro aloqalar haqidagi savollariga batafsil javob oldi.
Izoh (0)