Buyuk Britaniyaning Bredford shahri fuqarosi, dunyo bo‘yicha nikohda eng uzoq yashagan Karam Chand 110 yoshida vafot etib, 103 yoshli turmush o‘rtog‘ini beva qoldirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Karam Chand va uning turmush o‘rtog‘i Kartari 2015-yilda nikohining 90 yilligini nishonlagan edi.
Karam va Kartari Hindiston shimolidagi Panjob shtati qishloqlaridan birida tug‘ilgan. 1925-yilning dekabrida juftlik sikx an’analariga muvofiq nikohdan o‘tdi. O‘shanda Karam 20, Kartari esa atigi 13 yoshda bo‘lgan.
1965-yilda juftlik Buyuk Britaniyaga ko‘chib keldi. Ularning 8 nafar farzandi, 27 nevarasi va 23 evarasi bor.
Izoh (0)