4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ahamiyati” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Davra suhbatida MSK a’zolari, Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari, huquqshunos olimlar, saylov huquqi bo‘yicha ekspertlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov tadbirda chiqish qildi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar bo‘lajak saylovning ahamiyati, saylov kampaniyasini ochiq va oshkora olib borishning asosiy mezonlari, saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati haqida batafsil so‘zlab berdi.
Izoh (0)