MasterCard to‘lov tizimi pul to‘lashni tasdiqlash uchun yuzni yoki barmoq izlarini tanish asosiga qurilgan yangi funksiyani ishga tushirdi. Bu haqda, Financial Times’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Bu to‘lovlar rivojidagi muhim bosqich”, — ma’lum qildi kompaniya vakili.
Endilikda to‘lov tizimi foydalanuvchilari barmoq izlarini olishi yoki selfiga tushishi va shu asosda to‘lovni tasdiqlashi mumkin bo‘ladi.
Yangilik parol va pin-kodlardan voz kechish imkonini beradi.
Izoh (0)