Tonga davlati sohillari yaqinida 5,3 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Geologiya xizmatining ma’lum qilishicha, zilzila epitsentri Eua orolidagi Oxonua manzilgohidan 246 kilometr janubda, o‘chog‘i esa 57,6 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi.
Tonga qirolligi Tinch okeanidagi shu nomli arxipelagning 172 orolida joylashgan davlati bo‘lib, aholisi 100 ming kishiga yaqin.
Izoh (0)