Germaniyaning Boxum shahridagi kasalxonalardan birida katta yong‘in yuzaga keldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ikki kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi jarohatlar oldi.
Xabar berilishicha, yong‘in yettinchi qavatdagi palatada boshlanib, so‘ng butun bo‘limni qamrab olgan. Jarohat olganlarning yetti nafarining hayoti xavf ostida.
Yong‘inni o‘chirishda 165 kishi, shu jumladan, Dortmund, Gelzenkirxen, Xyorndan kelgan qutqaruvchilar ishtirok etdi.
Hodisa natijasida kasalxona binosining tomi butunlay vayron bo‘ldi.
Izoh (0)