Rossiyaning Tomsk viloyatida tergov Sibir bug‘usining “Rosselxozbank” xodimiga hujum qilishi sabablarini o‘rganmoqda. Jonzotning hujumi oqibatida 24 yoshli yigit halok bo‘lgan. Bu haqda, Rossiya Tergov qo‘mitasining Tomsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Yosh yigit to‘siqlar bilan o‘ralgan hududga kirib, u yerdagi mashinlar suratini olishi kerak edi. O‘sha yerning o‘zida bir nechta Sibir bug‘usi bo‘lgan. Ulardan biri yigitga tashlandi va shoxlari bilan zarba berdi. Yigit olgan jarohatlari natijasida voqea joyida halok bo‘ldi”, — deyiladi boshqarma axborotida.
Xabar berishlaricha, “Rosselxozbank’ning Tomsk viloyati filialida ishlagan 24 yoshli xodim Vargatyor qishlog‘iga yakka tartibdagi tadbirkorning bank garovida bo‘lgan mol-mulkini tekshirish uchun kelgan edi.
Hodisa sodir etilgan hudud ko‘rib chiqildi, guvohlar so‘roq qilinmoqda. Voqea yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi belgilandi.
Izoh (0)