Amerikalik talaba o‘zi tahsil ko‘rayotgan oliygohda boshlangan murojaat siyosatiga noroziligini o‘ziga xos tarzda namoyish etdi, deb xabar beradi Tjournal.
27-sentabr kuni Michigan universiteti maxsus saytni ishga tushirib, unda talabalarga o‘zlari istagan olmoshni tanlash imkoniyatini berdi. Bu shaxsga hurmat izhor qilish va har bir kishining o‘zligini ifodalashga ko‘maklashish bilan izohlandi.
Bundan ilgariroq universitet talabalari elektron tizimga har bir kishi o‘ziga nisbatan boshqalar qo‘llashini xohlaydigan olmoshlarni tanlash imkoniyatini kiritishni talab qilib petitsiya uyushtirgan edi. Petitsiya 750 imzo to‘pladi, shuningdek, talabalar kengashi rezolyutsiyasi bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Taklif qilingan olmoshlar ro‘yxatini har biri talaba o‘ziga ma’qul variantlar bilan boyitishi mumkin edi. Bu imkoniyatdan foydalangan talaba, Young America’s Foundation konservativ harati a’zosi Grant Shtrobl unga nisbatan His Majesty — “Hazrati Oliylari” deb murojaat etishlarini talab qildi.
The College Fix’ga bergan intervyusida Shtrobl uyushtirilgan kampaniyaning mantiqsizligini ta’kidlab, shaxsiy olmoshlarni tanlash jarayonini rasmiyatchilikka aylantirmaslikni so‘radi.
Izoh (0)