Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga okrug matbuot markazi xabar berdi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Unda mazkur okrug saylov komissiyasi raisi A. Yunusxodjayev o‘tgan vaqt davomida saylovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish va unda qabul qilingan qarorlar haqida ma’lumot berdi.

Jumladan, ma’lum qilinishicha, 30-sentabr kuni Prezident saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda “14-Toshkent shahar saylov okrugi hududida saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 10 va 11-moddalariga muvofiq tuman hokimliklari hamda harbiy qism komandirlarining saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi taqdimnomalarini ko‘rib chiqib, 14-Toshkent shahar saylov okrugi hududida jami 713 ta saylov uchastkasi tuzildi. Saylov uchastkalarining tartib raqamlari, chegaralari hamda ularning manzili ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati tasdiqlandi. Shu bilan birga, tuman hokimliklari saylov uchastkalarining chegaralari, ularning manzili hamda ovoz berish binolarining joylashishi haqida saylovchilarni xabardor etishni tashkil etishi lozimligi masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda qabul qilingan qaror tuman hokimliklariga va tegishli idoralarga ijro uchun yuboriladi. Okrug saylov komissiyasining biriktirilgan a’zolarning joylarda ishlarni o‘rganish chog‘ida alohida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 11 va 20-moddalariga muvofiq saylovni o‘tkazish uchun 14-Toshkent shahar saylov okrugi hududida tashkil etilgan saylov uchastkalarini, uchastka saylov komissiyalarini zarur bo‘lgan davlat ramzlari (gerb, bayroq), mebel jihozlari (stol-stullar, gilam, kitob javonlari, seyf, televizor), aloqa vositalari (telefon, faks), texnika (kompyuter, printer, kseroks), komissiya faoliyatini yorituvchi stendlar bilan ta’minlash, saylov uchastkasi binosi va uchastka saylov komissiyasi a’zolari uchun ajratilgan xonalarning, saylov uchastkalariga borish yo‘llari, binoga kirish yo‘llari va yo‘laklarni ta’mirlash, saylov uchastkasi hududidagi yoritish moslamalarining ahvolini o‘rganish, zarur joylarda yoritish moslamalari o‘rnatish va atrof-hududlarni obodonlashtirishga e’tibor qaratishlari zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi