Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining yarim finalidagi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bu bosqichdagi birinchi o‘yinda Sardor Rashidov harakat qiladigan Qatarning “Al-Jaish” klubi safarda “Al-Ayn”dan 1:3 hisobida yengilgandi.
Ikkinchi juftlikda Janubiy Koreyaning ikki klubi — “Chonburk Motors” hamda “Seul” o‘zaro kurash olib bordi. Bellashuvda “Chonbuk” futbolchilari yirik — 4:1 hisobida zafar quchib, final sari birinchi qadamni tashladi.
Tomonlarning javob o‘yini 19-oktabr kuni Seulda bo‘lib o‘tadi.
Osiyo Chempionlar Ligasi Yarim final. Birinchi o‘yin 28-oktabr, chorshanba
“Chonbuk Motors” (J. Koreya) — “Seul” (J. Koreya) 4:1
Gollar: Leonardo, 22-pen (1:0). Rikardo Lopes, 26 (2:0). Leonardo, 40 (3:0). Ju Se Jong, 46 (3:1). Kim Shin Vuk, 84 (4:1).Osiyo Chempionlar Ligasiga asos solingan 2003-yildan boshlab hisoblaganda musobaqada eng ko‘p Janubiy Koreya klublari g‘olib chiqqan — 4 bor. 2016-yilgi mavsum yarim finaliga qadar yetib kelgan “Chonbuk Motors” 2006-yilgi mavsum chempionlikni nishonlagan.
Xitoyning “Guanjou Evergrand” hamda Saudiyaning “Al-Ittihod” klublariga Osiyo Chempionlar Ligasida ikki martadan zafar quchish nasib qilgan. O‘zbekiston klublarining turnirdagi eng yaxshi natijasi yarim final bo‘lib, “Paxtakor” 2003-yilgi mavsumda, “Bunyodkor” esa 2008 va 2012-yilgi mavsumlarda shunga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)