Norvegiya apellyatsiya sudi Edvard Snouden tomonidan ushbu davlatga qarshi kiritilgan shikoyat arizasini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi. Bu haqda, Norvegiya telegraf byurosiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi to‘rt jurnalistik tashkilot bilan birgalikda arizani kiritgan. Ular Snouden Norvegiyaga borgan taqdirda AQShga ekstraditsiya qilinmasligiga kafolat olishga urinmoqda.
Snouden mamlakatga tashrif buyurib, Norvegiya PEN-klubining inson huquqlari himoyasiga qo‘shgan hissasi uchun unga topshirilishi ko‘zda tutilgan mukofotini shaxsan olishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)