Futzal bo‘yicha Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining yarim finalida Osiyo chempioni Eron imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Finalga qadar Braziliya, Paragvay kabi terma jamoalarni turnirdan chiqarib yuborgan forslar, final ostonasida Rossiyadan yengildi — 3:4.
Hisobda tomonlar quvlashmachoq o‘ynadi. Har gal Rossiya oldinga o‘tib oldi, Eron esa hisobni tenglashtirdi. Forslarning so‘nggi goli 40-daqiqada kiritilgandi, shu daqiqaning o‘zida g‘alaba golini urgan ruslar finalga yo‘llanma oldi.
29-sentabr tongida Argentina va Portugaliya terma jamoalari yarim finalning ikkinchi o‘yinida maydonga tushadi.
Izoh (0)