Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Jim Yon Kim bir ovozdan Jahon banki rahbari lavozimiga qayta saylandi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

Reuters ta’kidlashicha, uning navbatdagi besh yillik muddati 2017-yil 1-iyulda boshlanadi. AQSh moliya vazirligi uni Jahon banki rahbarligiga ikkinchi muddat uchun avgust oxirida ilgari surgan edi.

Jim Yon Kim 1959-yilda Seulda tug‘ilgan. Besh yoshida ota-onasi bilan AQShga ko‘chib o‘tib, Ayova shtatining Maskatin shahrida o‘sgan. 1982-yilda Braun universitetini tugatgan, falsafa va antropologiya bo‘yicha doktorlik darajalariga ega.

Jim Yon Kim Jahon banki rahbari lavozimiga 2012-yil 1-iyulda kirishgan. U Jahon bankining 12-prezidentidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi