Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatida AQShning uchuvchisiz uchar qurilmasi aviazarbasi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uchuvchisiz uchar qurilma Haj safaridan qaytgan sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimining Achin tumanidagi hovlisiga aviazarba yo‘llagan.
Bu vaqtda mansabdorning uyida uning qarindoshlari va do‘stlari bo‘lgan. Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, yana 14 kishi jarohat olgan.
Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jarohatlanganlar soni ko‘proq — 27 kishi.
Izoh (0)