Jazoirda o‘tadigan uchrashuvda eng yirik neft qazib oluvchi davlatlar vakillari bozordagi xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida kelishuvga erisha olmasa, neftning bir barreli narxi 20 dollardan ham tushib ketishi mumkin. Bu haqda Venesuela neft va tog‘-kon sanoati vaziri Euloxio del Pino bayonot berdi, deb ma’lum qiladi “RBK”.
“Biz Saudiya Arabistoni va Eron bilan doimiy aloqadamiz, narx fojiasining oldini olishga urinmoqdamiz. Agar kelishuvga erishmasak, narx urushiga kirib qolamiz, uning davomida esa narxlar barreli uchun 20 dollardan pastroqqa ham tushib ketishi mumkin”, — dedi u Russia Today nashriga bergan intervyusida.
Ilgariroq Bank of America neft bozorida narx urushini davom ettirish befoydaligini aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)