1975—2014-yillarda Ispaniyaga qirollik qilgan Xuan Karlos Birinchi qizi Kristinaga nisbatan moliyaviy qalloblik ayblovi bo‘yicha da’voning qaytarib olinishi evaziga “Toza qo‘llar” jamoatchilik tashkilotiga 2 million yevro dollar taklif qilgan. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Migel Bernad ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
El Mundo gazetasi “Toza qo‘llar” rahbarining advokat Virxiniya Lopes-Negrete bilan Madrid markazidagi kafelardan birida uyushtirilgan suhbatining audio yozuvini tarqatdi.
Suhbat 2015-yilning 10-dekabr kuni — moliyaviy qalloblik ishi bo‘yicha suddan bir oy avval bo‘lib o‘tgan. “Qirolning taklifi — hech qanday izlar qolmasligi uchun naqd 2 million yevro va boshqa xarajatlar uchun yana taxminan 300—400 ming dollar”, — deb ta’kidladi Bernad.
Tashkilot bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, taklif Xuan Karlos I ning yaqinlaridan kelib tushgan. Advokat “Toza qo‘llar” rahbarini tinglab bo‘lganidan so‘ng pullarni qabul qilishdan bosh tortgan.
Izoh (0)