OPEK karteli a’zolari neft qazib olish hajmlarini muzlatib qo‘yish borasidagi muzokaralar o‘tkazish uchun 28-sentabr kuni yig‘iladi. Bu haqda, Nigeriya neft vaziri Ibe Kachikvu bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Bu ertadan keyin, 28-sentabr kuni bo‘ladi”, — dedi u agentlik muxbirining tegishli savoliga javoban.
26–28-sentabr kunlari Jazoirda Xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida kartelga a’zo mamlakatlar muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuv tashabbuskorlari — Venesuela, Ekvador va Kuvayt.
Saudiya Arabistoni, Iroq va Eronning tegishli vazirliklari rahbarlari yopiq muzokaralarda ishtirok etishini tasdiqladi.
Izoh (0)