Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 23-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Mazkur tur 23-sentabr kuni “Lokomotiv” va “Obod” klublari o‘rtasidagi Toshkent derbisi bilan start olgandi.
24-sentabr kunining markaziy o‘yini Bekobodda o‘tib, 4-o‘rin uchun kurash olib borayotgan “Metallurg” va “Buxoro” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Hisob mezbonlarning penaltidan urgan goli bilan ochilgan bo‘lsa-da, keyinchalik buxoroliklar safida legioner Vadim Chemirtan o‘zini ko‘rsatdi. U avvaliga gol urdi, 89-daqiqada esa Shavkat Salomovning g‘alaba goliga pas berdi.
Mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” 23-turni yirik g‘alaba bilan yakunladi. Birinchi davra Toshkentda javobsiz 3 ta gol o‘tkazgan Namangan klubi, o‘z maydonida 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning ukasi Azim Ahmedov “Paxtakor” libosini kiyganidan buyon ilk golini o‘zining sobiq jamoasi “Navbahor” darvozasiga urdi. Qayd etish kerak, Azim Ahmedovning o‘zi ham milliy terma jamoa a’zosi hisoblanadi.
Turning eng yirik hisobi Muborakda qayd etilib, “Mash’al” “Andijon” darvozasiga 5 ta gol urdi. Gollardan 3 tasiga Kenja To‘rayev mualliflik qildi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 23-tur bellashuvlari 24-sentabr, shanba
Izoh (0)