O‘zbekiston Xalq ta’limi va Moliya vazirliklarining 25-iyuldagi qo‘shma qarori bilan yangi “Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Yangi Nizomda nazarda tutilishicha, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lov har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. O‘z kuchini yo‘qotgan avvalgi nizomda bu talab oyning 10-sanasiga qadar qilib belgilangan edi.
Shuningdek, oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta’minoti uchun to‘lov bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida oyning qolgan kunlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.
Ilgarigidek, to‘lovning belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng ham keyingi 2 hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmasligi bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.
Izoh (0)