Rossiya poytaxti Moskva shahrida 22-sentabr, payshanba kuni evakuator ruxsat etilmagan joyda qoldirilgan mashinani evakuatsiya qildi. Avtomobil oynalari qoraytirilgani tufayli yo‘l nazorati xodimlari mashina ichida o‘tirgan ikki bolani ko‘rmadi, deya xabar bermoqda TJournal.
Mashina evakuatsiya qilinganidan so‘ng bir necha daqiqa o‘tib, xodimlarga avtomobil ichida ikki bola bo‘lgani haqida xabar berildi. Evakuator to‘xtatildi, voqea joyiga esa politsiya guruhi chaqirtirildi.
Bolalar ota-onasining xatti-harakatlariga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkaziladi va “Xavf-xatarda qoldirish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin. Ota-ona bir yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izoh (0)