AQSh hukumati Gruziya chegara politsiyasi qirg‘oq qorovuli xizmatiga ikki chegara kemasini tortiq qiladi. Bu haqda Gruziya ichki ishlar vaziri Georgiy Mgebrishvilining AQShning Tbilisidagi elchisi Yan Kelli bilan muzokaralari yakunlariga ko‘ra ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
30-sentabr kuni Gruziya IIV delegatsiyasi AQShga safar uyushtiradi. Tashrif doirasida Baltimorda Island toifali ikki kema Gruziya tomoniga topshiriladi.
AQSh Gruziyaga 90-yillar oxiridan beri muntazam ravishda texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatib keladi.
Izoh (0)