Shimoliy Karolina shtatidagi Sharlott shahrida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarining 44 ishtirokchisi qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
To‘qnashuvlar chog‘ida to‘qqiz fuqaro va besh politsiya zobiti jarohat oldi.
Tartibsizliklar va namoyishlar shtatda 43 yoshli afroamerikalik Keyt Skott o‘ldirilganiga norozilik ifodasi o‘laroq avj oldi. Shaharda favqulodda holat joriy etildi.
Izoh (0)