AQSh hukumati Boeing va Airbus aviakonsernlariga Eronga samolyotlar sotishga ruxsat berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Airbus 21-sentabr, chorshanba kuni AQSh xorijiy aktivlar ustidan nazorat boshqarmasidan (Office of Foreign Assets Control, OFAC) Iran Air aviakompaniyasiga 27 milliard dollarlik bitim doirasida 17 ta samolyot yetkazib berishga ruxsat oldi (Airbus havo kemalari AQShda ham ishlab chiqarilgani uchun shunday ruxsat talab etiladi).
Konsern vakillari Eron samolyotlarning bir qismini shu yil olishini bildirdi.
Shu kunning o‘zida tegishli ruxsat olgan Boeing Eron aviakompaniyasiga 17,6 milliard dollar evaziga 80 ta samolyot yetkazib berish bo‘yicha bitimni tayyorlamoqda.
Aviakonsern mamlakatga salkam 40 yil mobaynida birinchi marta mahsulotini yetkazib bermoqda: Eron oxirgi bor 1977-yilda Boeing’dan samolyotlar xarid qilgan.
Izoh (0)