Qirg‘iziston poytaxti Bishkekning g‘arbiy qismida ikkita qo‘lbola portlovchi qurilma zararsizlantirildi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
20-sentabr kuni kechqurun Bishkek militsiyasi navbatchi qismiga mahalliy do‘konning yonida qora rangdagi shubhali pekatlar qoldirib ketilganligi haqida ma’lum qilingan.
Voqea joyiga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va IIV tezkor guruhi yetib borib, ikki polietilen paketni ko‘zdan kechirish davomida ularda portlovchi qurilmalar borligini aniqladi.
Maxsus xizmat sapyorlari tomonidan suvli to‘p yordamida yasama portlovchi qurilma zararsizlantirilib, yon-atrofdagi hududlar aholisi xavfsizligini ta’minlash maqsadida evakuatsiya ishlari amalga oshirilgan.
“Portlovchi qurilmalarni zararsizlantirish oqibatida vayronagarchiliklar va qurbon bo‘lganlar yo‘q”, — deb ta’kidladi matbuot xizmati.
Hodisa yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)