Amerikalik tadqiqotchilarning Gavayi orollari yaqinidagi Kuk suvosti vulqoniga uch o‘rinli submarinada uyushtirgan ekspeditsiyasi bir necha kashfiyotlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
To‘rt kilometr chuqurlikdagi suvosti vulqoniga uyushtirilgan ekspeditsiya davomida olimlar bahaybat suzgichlarga ega bo‘lgan sakkizoyoqlarning yangi turini aniqladi. Shuningdek, binafsharang marjonlarning yangi turi topildi.
Tadqiqotchilar vulqon tubida fanga noma’lum yana ko‘plab jonivorlar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Jumladan, gap yorug‘likka ehtiyoj sezmaydigan organizmlar haqida ketmoqda.
Amerikalik olimlar Gavayi orollari atrofida joylashgan yana 50 ta suvosti vulqoniga ekspeditsiyalar uyushtirishni rejalashtirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)