Twitter aksiyadori Doris Shenvik kompaniya rahbariyatini 2014-yil noyabrida berilgan o‘sish bo‘yicha va’dalarni bajarmaslik va investorlarni aldashda aybladi. O‘shanda kompaniya servisning oylik faol auditoriyasi yaqin orada 550 million kishiga yetishini ma’lum qilgandi, eslatadi “RBK”.
Ayblovda kompaniya bunday va’dalar berishi uchun asos bo‘lmagani bildirilgan.
Da’vo Twitter foydalanuvchilari Snapchat va Instagram kabi tarmoqlarga o‘tib ketishi oldini olish uchun kurashayotgani asnosida qo‘zg‘aldi.
Ma’lumot uchun, 30-iyun holatiga ko‘ra Twitter’ning oylik faol auditoriyasi 313 million foydalanuvchini tashkil etdi.
Izoh (0)