Rossiyada O‘zbekistonning Ravon markasiga mansub R2 xetchbekining narxi oshdi. Bu haqda, kompaniyaning Rossiyadagi vakolatxonasiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Avtomobilning har bir versiyasi narxiga 20 ming rubl qo‘shildi. Jumladan, modelning Comfort asos komplektatsiyasidagi narxi 389 ming rubldan 409 ming rublga yetdi, Elegant komplektatsiyasi esa endilikda 509 ming rublga sotilmoqda.
Ravon R2 — Chevrolet Spark xetchbekining muqobili bo‘lib, 86 ot kuchiga ega 1,2 litrli dvigatel hamda 4 bosqichli avtomatik o‘tkazmalar qutisi bilan jihozlangan. U Rossiya bozoridagi eng arzon avtomat qutili mashina hisoblanardi.
Izoh (0)