Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak xastalik tufayli shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng siyosatchilar va umuman fransiyalik faol fuqarolar unga dalda bo‘lish maqsadida qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini aytmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jumladan, mamlakatning amaldagi prezidenti Fransua Olland uning tezda sog‘ayib ketishini tilab qoldi.
“Men shu lahzada Jak Shirak haqida o‘ylamoqdaman va u boshidan kechirayotgan murakkab sinovlar chog‘ida dalda so‘zlarini aytmoqchiman”, — dedi Fransiya rahbari.
2007-yilda Yelisey saroyida Shirakning o‘rnini egallagan boshqa sobiq prezident — Nikolya Sarkozi ham unga sog‘liq tilaklarini yetkazdi.
Bundan tashqari, turli siyosiy oqimlar namoyandalari Jak Shirakni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Ular orasida o‘nglar, so‘llar, ekologistlar va markaz yetakchilari borligi aytilmoqda.
83 yoshli Jak Shirak 18-sentabr kuni Parijdagi Pityo-Salpetriyer shifoxonasiga yotqizilgan edi. Marokashda ta’til o‘tkazgan siyosatchining o‘pkasi yallig‘langani aniqlandi. U yana bir necha kun shifoxona qolishi aytilmoqda.
Izoh (0)