O‘zbekistonda 19-sentabr, dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, dushanba kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +18...+23 daraja iliq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +25...+30 daraja, Toshkent shahrida +30...+32 daraja issiq bo‘ladi.
Shu kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo harorati +28...+33 darajagacha, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +30...+35 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +33...+38 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Izoh (0)