Yevropa futbol klublari uyushmasi (ECA) yaqinda bo‘lib o‘tadigan kengashda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini ikki yilda bir marta o‘tkazish, ishtirokchilar sonini esa 16–24 kishiga yetkazish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq FIFA prezidenti Janni Infantino klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari sonini oltitadan 16 yoki 32 taga yetkazishni rejalashtirayotgani bildirilgan edi. ECA bunga qo‘shimcha ravishda chempionatni ikki yilda bir marta o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Unda oxirgi ikki yilning LCh va Libertadores Kubogi sohiblari qatnashadi. Yevropa va Janubiy Amerikaning qolgan jamoalari FIFA reytingi bo‘yicha saralab olinadi.
Shuningdek, turnirda Osiyo, Afrika, Okeaniya va CONCACAF’ning bittadan jamoasi qatnashishi ko‘zda tutilmoqda.
Bunday format 2019-yilda joriy etiladi. Shu bois 2017-yili Rossiyada o‘tkaziladigan Konfederatsiyalar Kubogi oxirgisi bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)