Rossiyaning Tver viloyatida federal trassani bekitib qo‘yib, oilasiga o‘t qo‘yish bilan tahdid qilgan fermer 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
2015-yilning 25-fevralida fermer xo‘jaligi rahbari tuman ma’muriyati va viloyat FVBga qo‘ng‘iroq qilib, Moskva–Peterburg trassasini to‘sib qo‘yish hamda o‘z oilasiga o‘t qo‘yish bilan tahdid qildi. Badal sifatida u 1,2 million rubl pul so‘radi.
Keyinroq aniqlanishicha, u mahalliy qo‘llab-quvvatlash dasturi ishtirokchisi bo‘lib, hokimiyat unga uy qurilishi uchun subsidiya to‘lashi lozim ekan. Ammo mahalliy ma’muriyat o‘z va’dasining ustidan chiqmagani bois erkak shunday ishga qo‘l urdi.
Hukm hali kuchga kirgani yo‘q, shu bois himoya apellyatsiyaga topshirish huquqiga ega.
Izoh (0)