Hindistonning milliy poytaxt okrugi Dehlida sentabr boshidan buyon chikungunya bezgagiga chalingan 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Times of India gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashrning qayd etishicha, Dehli oxirgi o‘n yilda chikungunya bezgagining eng jiddiy avj olishini boshdan kechirmoqda.
“Bezgak bemorlarda surunkali buyrak xastaligi, koronar arteriya va boshqa kasalliklarning kuchayishi bilan birga kechganligi uchun ularni davolash qiyinlashmoqda”, — deydi shaharning eng yirik klinikalaridan biri “Apollo xospital”ning mutaxassisi. Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, okrugda ushbu bezgak bilan shifoxonaga yotqizilganlar soni ming nafardan oshgan.
Chikungunya bezgagi chivinlar tomonidan tarqatilib, ularning soni yomg‘irlar mavsumida keskin oshadi. Shuning uchun kasallikning avj olishi odatda sentabr oyiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)