Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo Pxenyan AQSh fitnalariga qarshi yana bir hujumga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Koreya xalqi AQSh fitnalariga javoban yana bir hujumni o‘tkazishga tayyor”, — deya ma’lum qildi Venesuelaga Qo‘shilmaslik harakati vakillari uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgan vazir.
Oldinroq AQShning tovushdan tez uchadigan ikki B-1B strategik bombardimonchisi KXDR bilan qarama-qarshilikda Seulni qo‘llab-quvvatlash va Pxenyan o‘tkazgan yadro sinoviga javob tariqasida Janubiy Koreya hududidan uchib o‘tgandi.
Izoh (0)