Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Golan tepaliklarida vaziyatning keskinlashuvi Isroil va Suriya o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini xavf ostiga qo‘yadi. Bunday ogohlantirish bilan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun, ikki mamlakat o‘rtasidagi bufer hududidagi vaziyatning chigallashuvini izohlar ekan, chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Men o‘t ochishni to‘xtatish chizig‘ining kesib o‘tilishi holatlarining davom etayotgani, shuningdek, kuchlar ajratilgan hududlardagi to‘qnashuvlardan xavotirdaman. Voqealarning bunday rivoji 1974-yilgi kuchlarni ajratish haqidagi bitimga putur yetkazadi, shuningdek, Isroil va Suriya o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini xavf ostiga qo‘yadi”, — dedi bosh kotib BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida.

Pan Gi Mun ikkala tomonni ham “ajratish haqidagi bitim shartlariga rioya qilish va maksimal darajadagi tiyilishni namoyon qilish”ga chaqirdi.

Avvalroq Suriya harbiylari 14-sentabrga o‘tar kechasi Isroil qiruvchi samolyoti Golan tepaliklarida Suriya armiyasining artilleriya qismlariga hujum qilganini ma’lum qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi