AQSh harbiylarining 2015-yil yanvarida Pokiston va Afg‘oniston chegarasida amalga oshirgan aksilterror reydi chog‘ida halok bo‘lgan italiyalikning oilasiga tovon puli sifatida 1,2 million dollar to‘landi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bizga 1,2 million dollar miqdorida tovon puli taklif qilindi. Advokatimiz iyulda AQSh hukumatining Rimdagi vakili bilan uchrashdi va biz taklifga ko‘ndik. Obama va’dasini bajardi”, — ma’lum qildi marhumning ukasi Daniele Lo Porto.
37 yoshli Jovanni Lo Porto xayriya tashkiloti xodimi bo‘lib, 2012-yilda Pokistonda noma’lum shaxslar tomonidan olib qochib ketilgan va bir necha yildan so‘ng dronlar yordamida amalga oshirilgan aksilterror reydi chog‘ida halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)