Suriyaning Xoms viloyatida uyushtirilgan hujum oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi. Bu haqda Suriya hukumat armiyasi vakili xabar qildi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“Kecha soat 1:10 dan 6:00 gacha qadar Xomsning shimoliy chetidagi Tesnin, Tayr-Ma’la, Kafer-Nan, Kormos, Tayb-G‘arbiya aholi yashash punktlaridagi hamda Alo-Basi va Bayoza kvartallaridagi hukumat qo‘shinlari marralari va tinch aholi o‘qotar quroldan, minomyotlardan va reaktiv tizimlardan o‘qqa tutildi. Yetti kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohat oldi”, — dedi u videokonferensiya chog‘ida.
Izoh (0)